E T H N O T R A V E L - U Z B E K I S T O N

XALQ O‘YINLARI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR VA MILLIY TAOMLAR

Jahon xalqlarining milliy madaniyati bugungi globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarida tobora unifikatsiyalashib, umuminsoniy xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Bu jarayonda an’anaviy, milliy, nomoddiy madaniyatining rang-barang etnik va lokal xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish hamda insoniyat sivilizatsiyasining madaniy merosi sifatida saqlab qolish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa, Osiyo, Evropa, Afrika xalqlarining nomoddiy madaniy merosi, milliy o‘yinlari tarixini, u bilan bog‘liq an’analarini lokal yoki etnik asosda klassifikatsiyalarga bo‘lgan holda ilmiy, amaliy jihatdan o‘rganilib, mintaqaviy va xalqaro miqyosda festivallar, musobaqalar tashkil etishmoqda.

Mintaqada tinchlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik, siyosiy barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, milliy va diniy bag‘rikenglik singari umuminsoniy fazilatlarni saqlash hamda mustahkamlashda samarali vositalardan biri xalq o‘yinlari va u bilan bog‘liq urf-odatlar hisoblanadi. Xalq o‘yinlari masalalarining ilmiy tadqiqiga etnografik, folklorshunoslik, tarixiy tadqiqotlarda qisman e’tibor qaratilgan. Biroq, hozirga qadar xalq o‘yinlari masalasi nomoddiy madaniy meros tizimida maxsus etnografik tadqiqot sifatida o‘rganilmay qolmoqda. Biz quyida vodiy xalq o‘yinlari bilan bog‘liq urf-odatlar va mazkur o‘yinlarda tashkil etiladigan taomlar masalasini yoritdik.

Marosim taomlari va ularning mohiyati turli etnoslarga xos etnomadaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim elementlardan biri hisoblanadi. An'anaviy taomlar insoniyat kundalik turmush tarzi va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular bir necha yuz yillar mobaynida turli xalqlar oilaviy va taqvimiy marosimlarining muhim odatlaridan biriga aylangan. Natijada ma'lum bir an'ana va urf-odat bilan bog‘liq tarzda tayyorlanadigan maxsus marosim taomlari paydo bo‘lgan.

Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyo mintaqasida eng qadimgi tarixiy-etnografik va muhim ijtimoiy-iqtisodiy hududlardan hisoblanadi. Ham o‘troq, ham ko‘chmanchi sivilizatsiyaning eng ilg‘or tajribalarini o‘ziga singdirib va sintezlab olgan vodiy aholisi o‘ziga xos madaniyatga asos solgan. Mintaqada o‘zbek, tojik, qirg‘iz millati vakillari yonma-yon yashaganligi, bir-biriga yaqin xo‘jalik turlari bilan shug‘ullanganliklari tufayli uzoq asrlar davomida etnomadaniy jarayonlarda uyg‘unlik mavjud.

Ushbu xalqlarning urf-odati va an’analarida, kundalik turmush tarzi, udum va marosimlarida ko‘plab umumiy jihatlar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan to‘y marosimlarida tashkil etiladigann Farg‘onacha kurash musobaqasi o‘z tartib-qoidasiga asosan ramziy shaklda ikki sobiq keksa polvonlarning bellashuvi bilan boshlanadi. So‘ngra eng kichik polvonlar maydonga taklif etiladi. Dastlab, yosh xususiyatlariga va gavdasiga qarab kurashchilar davraga tushiriladi. Haqiqiy bahs esa eng kuchli, dongdor polvonlar o‘rtasidagi bellashuv hisoblangan. G‘olib polvonlarga to‘y egasining sovrinidan tashqari, to‘y marosimi uchun tayyorlangan oshdan g‘olib polvon uchun maxsus tovoqqa solinadi va u Polvon oshideb tortiq qilinadi.

Polvon oshining o‘ziga yarasha tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra, tayyor bo‘lgan palov dastlab polvonga atalib (“bosh tovoqdeb yuritiladi), tovoqqa solinadi va g‘olib polvonga taqdim etiladi. G‘olib polvon tovoqni ko‘tarib olgach, butun davra bo‘ylab aylanib chiqadi. U har bir tomoshabin, mehmonlarga polvon oshidan ulashib chiqadi. “Polvon oshidan har bir tomoshabin bir oshamdan tanovul qilgach, yoshi ulug‘ kishilar esa o‘zlarining farzandlari, nabiralarining, yoshlar esa o‘zlarini g‘olib polvonga o‘xshab mard, pahlavon, doimo g‘olib bo‘lishligini niyat qilib, sovg‘alarini (pul yoki buyum) taqdim etadilar.

Biz yuqorida bellashuv yosh xususiyatlariga ko‘ra bosqichli o‘tkaziladi, deb ta’kidlagan edik. Har bir bosqichdagi g‘olib polvonga sovrin bilan birgaPolvon oshitortiq qilinadi. Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida bu udumPolvon tovoqdeb atalib, tovoqdagi oshni ko‘tarib chiqqan polvon boshqa talabgor bormi, yo‘qmi degan ishorani bildirgan. YA’ni maydonga chaqiruv ishorasi hisoblangan. Qadimiy odatlarimizga ko‘ra, polvonlar doimo e’zozlanib, xalq orasida katta hurmatga ega bo‘lganlar.

Yuqorida keltirilgan kurashli to‘ydan tashqari uloq o‘yini tashkil etiladigan to‘yning tartiblari umumiy o‘xshashlikka ega bo‘lsa-da, ayrim xususiyatlari bilan farqlanadi. Jumladan, X.Ismoilov keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra uloqli to‘ylarda qo‘noq belgilash, o‘tkazish tartiblari xususida so‘z yuritadi[1].

Uzoq masofadan kelishi mo‘ljallangan mehmonlarni kutib olish va kuzatish ham oldindan belgilangan. Bu xalq tilida qo‘noq mehmon (qo‘nim, joy) berish deb ataladi. Maxmud SattorQo‘novtartibini juda chiroyli tasvirlaydi, ya’ni: “Qo‘noqodati turli viloyatlardaqo‘niq”, “qo‘shxonatarzida aytiladi[2]. Bu udum ko‘proq to‘y va mehmondorchilik odatlari bilan hamkorlikda, birgalikda o‘tkaziladi. Odatda shahar, qishloqlarda to‘y bo‘lganda uzoq-yaqindan mehmon keladi. To‘yga kelgan mehmonlar to‘yning bazmini o‘tkazib, oqshom tunab, ertasi oshga, so‘ngra to‘y munosabati bilan o‘tkaziladigan uloq va kurash o‘yinlarida ishtirok etadilar.

Qo‘noq avval to‘y egasining qarindosh urug‘lariga, keyin qishloq aholisining o‘ziga to‘q oilalariga taqsimlangan. Qo‘noq olib, ularni kuzatish aholi o‘rtasida eng sharafli va ma’suliyatli vazifa hisoblangan. Qishloq aholisi qo‘noq (mehmon) olish uchun navbatda turganlar. Qo‘noq ko‘proq chavandozlar, uyda ot boquvchilarga berilgan. Chunki kelgan mehmonlarni joy, oziq-ovqat bilan ta’minlashdan tashqari olib kelgan otlarni joy, em-xashaklar bilan ta’minlash ham zarur bo‘lgan. Qo‘noq bo‘lishda mehmonlar soni 12 kishidan oshmasligi qat’iy belgilangan, sababi mehmonlarga to‘y egasi yoki ayrim hollarda xonadon egasi tomonidan so‘yish (qo‘y yoki echki) qilinganda 12 qismga bo‘linib, pishirilgan va 12 mujja (bo‘lak)ga taqsimlangan. Qo‘noq faqat oti bilan kelgan mehmonlarga emas, balki uzoq qo‘shni qishloqlardan, boshqa viloyatlardan kelgan chavandozlarga, o‘z qishlog‘ining oti va chavandozini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlis mehmonlarga ham qo‘shib hisoblangan. Bir qo‘noqqa bir so‘yish (echki yoki qo‘y) berilgan. Xonadon a’zolari go‘shtdan bir misqol ham iste’mol qilmaganlar. So‘yish faqat mehmon rizqi hisoblanib, turkiy xalqlarda mehmon yoki birovning rizqiga xiyonat og‘ir jinoyat hisoblangan va hisoblanadi.

V.Firsovqo‘noq berishodati to‘g‘risida quyidagicha, ya’ni turkiy xalqlarda, ayniqsa, qirg‘iz aholisi o‘rtasida mehmonni kutib olish va uni qo‘y yoki echki so‘yib mehmon qilishi, mehmon uchun qo‘yning dastlab kalla go‘shtini, keyinroq qolgan qismini sho‘rva sifatida tortiq qilishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi[3].

Qo‘noq belgilash xalq bayramlari va sayllarda emas, to‘y va ma’rakalarda joriy qilingan. Bunday qo‘noq berish udumi qadimiy urf-odatlar sirasiga kirgan bo‘lib, turk olimi Bahaeddin O‘gel asarida va boshqa tadqiqotchilar ishlarida ham bu udum eslatib o‘tiladi[4]. Bahaeddin O‘gel Turk hoqonligi davrida turkiy xalqlarda saqlanib qolgan qo‘noq berish udumi to‘g‘risida quyidagicha ma’lumotlarni beradi: Turklarda to‘y oshi -kudanka osh, karavanaji, dasturxon boshi, qirg‘izlarda to‘g‘ramchi deyiladi. Turkiylarda bir odat bor, to‘yda go‘sht to‘g‘ragan odam o‘ta hurmatli kishi hisoblanadi. Agar u biror ayb ish qilsa yoki go‘sht taqsimlash qoidasini buzsa, u hurmatini (to‘g‘ramchilikni) yo‘qotadi. Eng yomon odat ulushga xiyonat qilish hisoblanadi.

AsarningTurkiy xalqlarda qo‘y go‘shti ulushiqismida fors, turkman, o‘g‘uz dostonlaridan parcha keltiriladi. Unda: Mehmongakudankaoshida qo‘y berilib, 12 mujja(qism)ga bo‘linganligi yoziladi.(Bu o‘rinda so‘yilgan jonivorga bolta tekizmasdan, faqat pichoq bilan 12 qismga bo‘linishi mumkinligi inobatga olingan.). Agar mehmonlar 24 kishi bo‘lib qolsa ham 12 mujjaga bo‘linadi. Go‘sht taqsimlanishida mehmonlarning yoshi, lavozimi, hurmati, albatta, inobatga olinadi. Har mehmonning qo‘y go‘shtida o‘z ulushi bo‘lib, uni boshqa toifadagi kishiga berish hurmatsizlik hisoblangan.

Masalan, forsiylardagiO‘g‘izdostonida go‘shtni urug‘-qavmlarga qaysi parchasi berilishi to‘g‘risida ham so‘z boradi. Hech bir tushunmovchilik va kelishmovchilik bo‘lmasligi uchun dostonda shunday deyilgan, “Biror to‘y bo‘lsa 2 ta ot so‘ydirib, go‘shtni 12 qismga bo‘lib, otning birini buzoq (urug‘iga), boshqasini uch o‘qlilar urug‘iga bersinlar. Xoqonga yoki millat boshiga bo‘yin yaqinidagi elka go‘shtidan, xoqon o‘g‘illariga esa ko‘krak qismi va o‘ng qo‘l go‘shtidan berilsin. Agarda qo‘y so‘yilsa, hoqonga qo‘y kallasi, orqa quyrug‘ining sag‘risi, to‘shi va dumba yog‘i, vazirga to‘shi, xoqon o‘g‘illariga o‘ng orqa sonidagi go‘sht(qo‘yning ko‘pincha chap tomonga yonboshlab yotishi, o‘ng tomoni quyoshda ko‘p toblanishi, yumshoq bo‘lishi inobatga olingan)[5] va qolgan qismlar boshqalarga toifaga qarab taqsimlangan[6].

Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona vodiysi, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari hududlarida yashovchi qirg‘iz va qozoq millatiga mansub aholi hamda qurama urug‘lari orasida tansiq taom sifatida birinchi so‘yish(qo‘y)ning kalla va tuyoqlari tozalanib, pishirilgan va mehmonlar birgalikda iste’mol qilishgan[7]. Hatto mazkur odat vodiyning qirg‘iz millatiga mansub aholi bilan bir hududda istiqomat qiluvchi o‘zbek va tojik millatlariga ham o‘tgan.

Bunday qo‘noq berish urf-odati Farg‘ona vodiysidagi qurama, qirg‘iz urug‘larida hozirgi kunda ham yaxshi saqlangan. Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati Novqat tumani Eski Novqat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Tojimatov Umarjon akaning hikoyasiga ko‘ra, kalla go‘shtining taqsimlanishida har bir qismga alohida ta’rif berib boriladi. Qo‘y kallasining iste’mol qilish mumkin bo‘lgan barcha qismlarini o‘tirgan mehmonlarga teng taqsimlanib, ta’riflar keltiriladi: Jumladan,

1. Dastlab quloq qismidan taqsimot boshlanadi vadoimo bir-birimizni eshitib, tushunib yuraylik”,deb ta’riflanadi.

2. Bet qismidagi go‘shtdoimo betlashaylik, yuzimiz yuzimizga issiq bo‘lsin”, deya tariflanadi.

3. Tilgadoimo tillashaylik, til topib yashaylik”, degan ta’rif beriladi.

4. Miya qismiga fikrimiz bir bo‘lsin[8], deb duolar aytilgan holda barcha baham ko‘rgan. Bu esa mintaqadagi barcha urug, qavm, millatlarning bir-biriga mehmondo‘stligi, bir-biriga hurmat ramzi bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan shu narsa ko‘rinadiki, kalla go‘shtini aziz mehmonga tortiq qilish odati juda qadimdan saqlangan urf-odatlarimizdan biridir. Kalla go‘shtini aziz mehmonga tortiq qilish odati juda qadimdan saqlangan urf-odatlarimizdan biridir.

Muallif: Salimjon Valievich Yo‘ldoshev